17/08/2021

Xorazm viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-iyun oylarida viloyatning Hazorasp tumanidan xorijga qiymati  9 888,6 ming AQSh dollarlik mahsulotlar eksporti amalga oshirilgan bo‘lib, 2020- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 140,7 % ni tashkil qilgan.

 Eksportning asosiy qismini oziq-ovqat mahsulotlari (5 088,2 ming), kimyo mahsulotlari va plastmassa (10,6 ming dollar) va boshqa turdagi mahsulotlar (4 789,9 ming) tashkil etgan.

    Xorijdan import qilingan mahsulotlar hajmi  esa 8 564,4 ming AQSh dollariga teng bo‘lib (o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 157,9), uning tarkibida:

  • Mashina va uskunalar – 4 934,1 ming dollarni,
  • Oziq-ovqat mahsulotlari – 925,8 ming dollarni,
  • Kimyo mahsulotlari va plastmassa – 560,2 ming dollarni,
  • Energiya manbalari – 33,5 ming dollarni,
  • Boshqa mahsulot (xizmat) lar – 1 759,9 ming dollarni tashkil qilgan.

 

                                                        Axborot xizmati