05/08/2021

Xorazm viloyati statistika boshqarmasining  ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-iyun oylarida viloyatda barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan  33,2 ming tonna meva yetishtirilgan bo‘lib, shundan  26,4 ming tonnasi dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari , 6,7 ming tonnasi fermer xo‘jaliklari, 0,1 ming tonnasi qishloq xo‘jaliya faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

? Hududlar kesimida  eng ko‘p meva  Urganch  (5, 9 ming t), Shovot  (4,0 ming t), Hazorasp  (3,8 ming t), Xiva (3,3 ming t) hamda Yangiariq (3,1 ming t) tumanlarida yetishtirilgan.

Ma’lumot uchun: hisobot davrida Xorazm viloyatidan xorijga qiymati 6,9 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 5,9 ming tonna meva va rezavorlar eksport qilingan.

 

                                     Axborot xizmati