Xorazm viloyati statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-iyun oylarida ko‘rsatilgan moliyaviy xizmatlarning ko‘rsatkichlari 2020- yilning shu davriga nisbatan oshgan.
Xususan, 2021- yilning 6 oyida umumiy hajmi 806,8 mlrd so‘mlik moliyaviy xizmatlar ko‘rsatilgan bo‘lib, jami xizmatlar hajmidagi ulushi 20,7 % ni tashkil qilgan.
Taqqoslash uchun: 2020- yilning yanvar oylarida moliyaviy xizmatlar hajmi – 598,6 mlrd.so‘m, ulushi – 20,3 %.
Moliyaviy xizmatlar umumiy hajmida:
- sug‘urta va nafaqa ta’minoti bo‘yicha xizmatlardan tashqari moliyaviy xizmatlarning ulushi
92,6 %, - sug‘urta xizmatlarining ulushi 5,1 % ,
- o‘rdamchi moliyaviy xizmatlarning ulushi 2,3 % ni tashkil etdi.
Axborot xizmati