Shu kunlarda viloyatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan idora, tashkilot va muassasalarda aholini ro‘yxatga olish tadbirining targ‘ibotiga bag‘ishlab uchrashuvlar bo‘lib o‘tmoqda. Targ‘ibot tadbirlarini tashkil etishda faollik ko‘rsatayotgan statistika idoralarining hududiy bo‘limlari mutaxassislari ishtirokida bugun ham bir qator tadbirlar tashkil etildi. Xususan, Urganch shahar DSI, Xonqa tumani “Yangi hayot” MFY da joylashgan oilaviy shifokorlar punkti hamda Yangiariq tumani xalq ta’limi bo‘limi xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan suhbat jarayonida tadbirning mohiyati batafsil tushuntirildi.
Shu bilan birgalikda uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi 710-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida” gi Nizomning asosiy qoidalari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi.
Axborot xizmati