Joriy yilning yanvar-iyun oylarida viloyatimizda 9 628,9 mlrd soʻmlik asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirilgan.
Iqtisodiy faoliyat turiga koʻra quyidagi sohalarda koʻp investitsiya oʻzlashtirilgan:
ishlab chiqarish sanoatida – 2 949,4 mlrd soʻm (umumiy hajmning 30,6 % ulushi)
qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligida – 1 767,2 mlrd soʻm (18,3 %)
qurilishda – 954,8 mlrd soʻm (9,9 %)
tashish va saqlash sohasida – 622,2 mlrd soʻm (6,5 %)
suv bilan taʼminlash, kanalizatsiya, chiqindilarni yigʻish va qayta ishlashda – 564,2 mlrd soʻm (5,9 %)
yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlarda – 521,3 mlrd soʻm (5,4 %)
Axborot xizmati