Statistika idoralarining keng jamoatchilik bilan mustahkam aloqa oʻrnatishdan asosiy maqsadlardan biri eng avvalo sohadagi yangiliklardan ularni oʻz vaqtida va toʻlaqonli xabardor etib borishdan iboratdir. Shu boisdan idora va tashkilotlar hamda mahalla fuqarolar yigʻinlarida har haftada huquqiy targʻibot tadbirlari oʻtkazib borilmoqda.

2026- yilning 24- sentyabr kuni Urganch shahridagi “Al-Xorazmiy” mahallasida Xorazm viloyati statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti I.Otajonov tomonidan “Mahallada targʻibot” tadbiri doirasidagi navbatdagi seminar tashkil etildi.
Unda "Statistikani rivojlantirish - 2030" milliy strategiyasini tasdiqlash hamda roʻyxatga olish maʼlumotlaridan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PF-190-sonli Prezident farmonining ustuvor vazifalari hamda joriy yilning oktyabr-noyabr oylarida butun respublikamizda oʻtkaziladigan biznesni roʻyxatga olish tadbiri boʻyicha maʼlumotlar berildi.
Axborot xizmati



