23/09/2026

Xorazm viloyati statistika boshqarmasining barcha xodimlari tomonidan “Statistikani rivojlantirish - 2030” milliy strategiyasini tasdiqlash hamda roʻyxatga olish maʼlumotlaridan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi PF-190-sonli farmon va unda belgilangan vazifalarni puxta oʻrganish maqsadida bir qator seminarlar tashkil etilmoqda.

Bugun 23-sentabr kungi tadbirda boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov tomonidan milliy strategiyani amalga oshirish bosqichlari va har bir bosqichda bajarilishi koʻzda tutilgan chora-tadbirlar haqida maʼlumotlar berildi.

 

 Axborot xizmati