23/09/2026

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi “Milliy statistika tizimi mutaxassislari malakasini oshirish hamda sohaga raqamli texnologiyalarni joriy etishni yanada jadallashtirish orqali yuqori samaradorlikka erishish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-103-son qarorining ijrosini taʻminlash maqsadida joriy yilning 23-25-sentabr kunlari Xorazm viloyati statistika boshqarmasida sayyor malaka oshirish kurslari tashkil etilmoqda.

Hisobot topshiruvchilar, shu jumladan, tadbirkorlik subyektlari, korxonalar va tashkilotlar xodimlarining savodxonligini oshirish maqsadida oʻtkazilayotgan mashgʻulotlar Milliy statistika qoʻmitasining Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti professor-oʻqituvchilari tomonidan “Statistika asoslari” oʻquv dasturi asosida olib borilmoqda.

 

Axborot xizmati