Xorazm viloyatining barcha tuman va shaharlarida biznesni roʻyxatga olishda ishtirok etuvchi hokim yordamchilari uchun oʻquv seminarlari tashkil etilmoqda.
Hududlardagi hokimliklar masʼullari, viloyat statistika boshqarmasi mutaxassislari, tuman statistika boʻlimi xodimlari ishtirokida oʻtkazilgan seminarlar davomida roʻyxatga olishning maqsad va vazifalari tushuntirilib, tadbirni oʻtkazish tartibi va shakllari boʻyicha batafsil maʼlumotlar berilmoqda.



Xususan seminarlarda:
"Statistikani rivojlantirish - 2030" milliy strategiyasini tasdiqlash hamda roʻyxatga olish maʼlumotlaridan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PF-190-sonli Prezident farmonining ustuvor vazifalari,
hududlardagi barcha tadbirkorlik subyektlarini toʻliq roʻyxatga olish hamda haqiqiy iqtisodiy koʻrsatkichlarni shakllantirishda aniqlik, toʻgʻrilik tamoyillariga amal qilish,
roʻyxatga oluvchilar tomonidan savolnomalarni haqqoniy toʻldirish, har bir maʼlumot kelajakda respublikamizning biznes registrini shakllantirishda muhim manba boʻlishini tushuntirish kabi muhim masalalarga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Shuningdek, oʻquv seminarlarida hokim yordamchilari tomonidan egallangan koʻnikmalar bevosita joyiga chiqqan holda, planshet qurilmalarida roʻyxatga olish, soʻrovnoma oʻtkazish jarayonlarini amaliyotda qoʻllanishi orqali mustahqamlanmoqda.


Axborot xizmati



