2025-yil yanvar-iyun oylarida viloyat boʻyicha kichik tadbirkorlikning qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligidagi ishlab chiqarish hajmi 12 637,3 mlrd soʻmni, umumiy hajmdagi ulushi 97,9 % ni tashkil etdi.
Oʻsish surʻati 2024-yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 102,4 % ni tashkil qildi.
Hududlar kesimida kichik tadbirkorlikning qishloq xoʻjaligi mahsulotlari umumiy hajmidagi eng yuqori ulushi Hazorasp (100,0 %), Gurlan tumanlari (100,0 %), Xiva shahri (100,0 %) va Shovot (100,0 %) tumaniga toʻgʻri keldi.
Axborot xizmati