25/07/2025

Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonga 2025-yilning yanvar-iyun oylarida xorijdan qiymati 422,1 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 24 355 dona yengil avtomobil import qilingan.

Ulardan 14 356 donasi elektromobillardir.

Oʻzbekistonga 2025-yilning 6 oyida eng koʻp yengil avtomobil yetkazib bergan davlatlar

 

Xitoy – 21 399 dona

Koreya Respublikasi – 2 032 dona

Hindiston – 168 dona

Yaponiya – 145 dona

AQSH – 145 dona

Boshqa davlatlar – 466 dona.

 Matbuot xizmati