2025- yil yanvar-iyun oylarida viloyatimizda kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan asosiy kapitalga oʻzlashtirilgan investitsiyalar hajmi 6 665,0 mlrd soʻmni yoki umumiy hajmidagi ulushi 69,2 % ni tashkil etdi.
Oʻsish surʻati 2024- yil yanvar-iyun oylariga nisbatan 156,7 % ni tashkil qildi.
Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining jami asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmidagi eng yuqori ulushi Yangibozor (96,4 %), Xiva sh. (95,8 %), Gurlan (94,9 %) va Qoʻshkoʻpir (91,3 %) tumanlariga toʻgʻri keldi.
Axborot xizmati