So'nggi yangiliklar

Viloyatimizning barcha hududlarida aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik jarayonlari izchil davom etmoqda. Jamoatchilikni mazkur keng miqyosdagi tadbirdan boxabar etishning eng samarali usuli sifatida targ‘ibot ishlari muhim ahamiyat kasb etmoqda.

2024-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsuloti (YAIMi) hajmi joriy narxlarda 242 701,6 mlrd. soʻmni tashkil etdi.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024- yilning 1- yanvar holatiga O‘zbekistonda umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarining uzunligi qariyb 43 ming km. ni tashkil etgan.