01/05/2024

Viloyatimizning barcha hududlarida aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik jarayonlari izchil davom etmoqda. Jamoatchilikni mazkur keng miqyosdagi tadbirdan boxabar etishning eng samarali usuli sifatida targ‘ibot ishlari muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Tashkil etilayotgan targ‘ibot tadbirlari davomida aholini ro‘yxatga olish ishlarining maqsadi, mazmun-mohiyati hamda o‘tkazilish tartibi xususida fuqarolarga ma’lumotlar berib borilmoqda.
  Joriy yilning 1- may kuni ana shunday seminar Urganch tumanidagi 7- son umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tdi.

Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i A. Jumaniyozov ta’lim muassasasi o‘quvchilariga aholini ro‘yxatga olish tadbiri xususida ko‘plagan ma’lumotlarni taqdim qildi.


Axborot xizmati