01/05/2024

2024- yil yanvar-mart oylarida Bog‘ot tumanida 69,9 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan bo‘lib, eng yuqori ulush norasmiy sektor hissasiga to‘g‘ri kelgan va 41,1 %ni yoki 28,7 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

Ko‘rilayotgan davrda norasmiy sektor tomonidan bajarilgan qurilish ishlari tarkibi:

yangi turar-joylar qurilishi – 25,7 mlrd so‘m

yangi noturar-joylar qurilishi – 2,0 mlrd so‘m

turar-joylarni ta’mirlash ishlari – 1,0 mlrd so‘m.

 Axborot xizmati