2022- yilning yanvar-may oylarida aholi jon boshiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlari  hajmi 1 999,1 ming so‘mga yetdi.

Davlat statistika qo‘mitasi dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning yanvar-may oylarida O‘zbekiston qiymati 335 mln  AQSH dollariga teng bo‘lgan 615,6 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan.

Davlat statistika qo‘mitasi uy xo‘jaliklari tanlama kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 2022- yilning yanvar-may holatiga ko‘ra, kuzatuvdagi aholining 71 foizi jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullangan.

Joriy yilning yanvar- may oylarida viloyatimiz tashqi iqtisodiy faoliyat boʻyicha jahonning 99 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirgan.

2022- yilning yanvar-may oylarida viloyatda sog‘liqni saqlash sohasida 80,6 mlrd so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilgan va bu ko‘rsatkich jami xizmatlar hajmining 2,1 %ga teng bo‘lgan.

Joriy yilning yanvar- may oylarida viloyatning (Urganch va Xiva tumanlaridan tashqari) 11 ta hududidagi o‘tkazilgan dehqon bozorlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi  natijasida  savdo aylanmasi hajmi 299,4 mlrd so‘mni tashkil qilgani qayd etilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2022- yilning yanvar-may oylarida viloyat korxonalari tomonidan 6 709,9 mlrd  so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2021- yilning yanvar-may oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi 116,3 % ni tashkil etgan.

2022- yilning  1- iyun holatiga viloyatda xorijiy kapital ishtirokida tashkil etilgan 180 ta korxona faoliyat ko‘rsatgan.

2022- yilning yanvar-may oylarida viloyatda 2 272 ta yangi  kichik biznes subyektlari tashkil etilgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning 1- yanvar holatiga respublika bo‘yicha ilk bor oila qurayotgan erkaklarning o‘rtacha yoshi 26,5 yoshni tashkil etgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning yanvar-may oylarida O‘zbekistonga qiymati 49 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 158,4 ming tonna bug‘doy uni import qilingan.

Joriy yilning yanvar- may oylarida viloyatda norasmiy sektor tomonidan  413,0 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.Bu ko‘rsatkich jami qurilish ishlarining 28,3 %ga teng bo‘lgan.

Shu yilning yanvar- may oylarida  viloyatda ko‘rsatilgan bozor xizmatlari  tarkibida savdo xizmatlarining  hajmi 989,7 mlrd so‘mni, umumiy  hajmdagi ulushi esa 25,7 %ni tashkil etgan.

Ro‘yxatdan o‘tgan oilaviy korxonalar soni  2022- yilning 1- iyun holatiga 5 524 tani tashkil etib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1 333 taga yoki 31,8 foizga oshgan.

2022- yilning yanvar-may oylarida viloyatda 2 348 ta yangi korxona va tashkilot tashkil etilgan bo‘lib, 2021- yilningmos davriga nisbatan ular sonining  16,4 %ga o‘sishi kuzatilgan.

2022- yilning yanvar-may oylari yakuni boʻyicha viloyatning tashqi savdo aylanmasi (TSA) 235,7 mln  AQSH dollarini tashkil etib, 2021-  yilning mos davriga nisbatan 4,2 mln AQSH dollariga yoki 1,7 % ga kamaygan.

Joriy yilning 17- iyun kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida  yuriskonsult I. Otajonov tomonidan o‘quv seminari tashkil etildi.

Seminarda hududiy boshqarma xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022- yil 16- maydagi “2022-2023- yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 259-sonli qarorining ijrosini Davlat  statistika qo‘mitasi tizimida  ta’minlash bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasi tanishtirildi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2022- yilning yanvar-may oylarida xorijga qiymati 20,6 mln  AQSH dollariga teng bo‘lgan 88 182 dona muzlatgich eksport qilgan.