21/06/2022

 Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning yanvar-may oylarida O‘zbekistonga qiymati 49 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 158,4 ming tonna bug‘doy uni import qilingan.

 Bug‘doy uni importi hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 19,8 ming tonnaga oshgan.

 2022- yilning yanvar-may oylarida O‘zbekiston bug‘doy unini eng ko‘p import qilgan davlatlar:

➖ Qozog‘iston – 153,4 ming tonna

➖ Rossiya – 4,9 ming tonna

➖ AQSH – 50 tonna

➖ Italiya – 27 tonna

➖ Hindiston – 2 tonna

➖ Fransiya – 1,8 tonna

Matbuot xizmati