20/06/2022

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2022- yilning yanvar-may oylarida xorijga qiymati 20,6 mln  AQSH dollariga teng bo‘lgan 88 182 dona muzlatgich eksport qilgan.

 Muzlatgich eksporti 2021- yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 5 mingtaga kamaygan.

 O‘zbekiston 13 ta davlatga muzlatgich eksport qilgan.

 O‘zbekiston 5 oy mobaynida eng ko‘p muzlatgich eksport qilgan davlatlar:

Tojikiston – 27 494 dona

 Qozog‘iston – 23 833 dona

Rossiya – 19 880 dona

 Qirg‘iz R. – 7958 dona

Turkmaniston – 3971 dona

Ozarbayjon – 1675 dona

 

 

Matbuot xizmati