Joriy yilning  yanvar-may oylarida Yangiariq tumani umumiy hajmi 71,0 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.

2022- yilning  1- iyun holatiga viloyatda xorijiy kapital ishtrokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 180 tani tashkil qilgan.

2022- yilning 1- iyun holatiga  viloyatda qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida faoliyat yuritayotgan  korxona va tashkilotlar soni 2 964 tani tashkil qilgan.

2022- yilning yanvar-may oylarida  viloyatda 99,0 mlrd so‘mlik  ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bozor xizmatlari ko‘rsatilgan.

2022- yilning  yanvar-may oylarida  viloyat sanoatida ishlab chiqarilgan nooziq-ovqat mahsulotlari hajmi 2 624,3 mlrd so‘mni,  2021- yilning mos davriga nisbatan  mahsulot ishlab chiqarishning fizik hajm indeksi  130,4 %ni tashkil qilgan.

 Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlarga ko‘ra, 2022- yil 1- yanvar holatiga yurtimizda 14–30 yoshdagi jami doimiy aholi soni 9 million 685 ming 564 nafarni tashkil etgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yil 1- yanvar holatiga jami temir yo‘llarning foydalaniladigan uzunligi 6 118,3 km  ni tashkil etgan.

2022- yilning yanvar-may oylarida Yangibozor tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan 210 ta sanoat korxonasi tomonidan 124,0 mlrd so‘mlik sanoat  mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

Joriy yilning  yanvar-may oylarida Urganch tumanining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 364,0 mlrd so‘mni tashkil qilgan bo‘lib, shundan 130 mlrd so‘mi iste’mol tovarlari, 233,1 mlrd so‘mi noiste’mol tovarlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

2022- yilning 1- iyun holatiga  viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan mas’uliyati cheklangan jamiyatlari soni 12 316 tani tashkil qilgan.

2022- yilning yanvar-may oylarida viloyatda  bajarilgan ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari hajmi 120,3 mlrd so‘mni, jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 8,3 %ni tashkil qilgan.

2022- yilning  yanvar-may oylarida  viloyat sanoat korxonalari tomonidan 16,3 mlrd so‘mlik elektr uskunalari ishlab chiqarilgan.

 Shu yilning 29- iyun kuni Urganch tumanidagi birlashgan texnika maktabi instruktor xodimlari hamda tumandagi “Feruz” mahalla fuqarolar yig‘inida viloyat statistika boshqarmasi yuriskonsulti I.Otajonov  tomonidan  seminar  tashkil etildi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yil yakuniga ko‘ra respublikamizda avtomobillarni yuvish, sayqallash va shu kabi faoliyat bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar soni 1 294 tani tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich 2020- yilga nisbatan 42 taga oshgan.

Davlat statistika qo‘mitasi  ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning 1- iyun holatiga 1,5 mln O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi turistik maqsadlarda xorijga safar qilgan.

Bog‘ot tumanida  2022- yilning 1- iyun holatiga davlat ro‘yxatidan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 1 778 tani tashkil qilib, ularning 1 601 tasi yoki 90,1 % faoliyat ko‘rsatgan.

Viloyatda 2022- yilning yanvar-may oylarida  umumiy hajmi 884,7 mlrd so‘mlik transport xizmatlari ko‘rsatilgan va bozor xizmatlari hajmidagi ulushi 23,0 %ni tashkil qilgan.

Joriy yilning  yanvar-may oylarida viloyatning xizmatlar eksporti hajmi 7,3 mln AQSH dollarini yoki jami eksport hajmining 7,2 %ni tashkil etib, 2021- yilning mos davriga nisbatan 187,3 foizga o‘sish kuzatilgan.