Joriy yilning yanvar-avgust oylarida Tuproqqal’a tumanida   156,5 mlrd so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, hajmning 17,7 %ni kichik biznes subyektlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning 1- yanvar holatiga respublikamizdagi doimiy aholi soni 35,3 mln. kishini tashkil etgan.

Davlat statistika qo‘mitasining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 2022- yilning yanvar-avgust holatiga ko‘ra Xorazm viloyatida bir kishilik uy xo‘jaliklari ulushi – 0,8%, ikki kishilik – 3,5%, uch kishilik – 8,0%, to‘rt kishilik -21,2%, besh kishilik - 22,1% hamda olti va undan ko‘p kishilik uy xo‘jaliklari – 44,4%ni tashkil etmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish, oʻtkazish va natijalarini eʼlon qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 710-son qaroriga muvofiq joriy yilning avgust oyida uy-joylar roʻyxatini tuzish ishlarini amalga oshirildi.

Xorazm viloyatida  joriy yilning yanvar-avgust oylarida bajarilgan yangi qurilish ishlari hajmida norasmiy sektor hissasi 821,5 mlrd so‘mni, jami hajmdagi ulushi esa 31,1 % ni tashkil etgan.

Xorazm viloyati sanoatida 2022- yil yanvar-avgust oylarida  106,7 mlrd so‘mlik qog‘oz va qog‘oz mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, o‘tgan yilga nisbatan fizik hajm indeksi esa 45,7 %ni tashkil qilgan.

Xiva shahrida  2022- yilning  1- sentabr holatiga  566 ta oilaviy korxona va tashkilot faoliyat ko‘rsatgan.

2022-   yilning  yanvar-avgust oylarida viloyatimiz xorijiy davlatlardan eng ko‘p oziq-ovqat mahsulotlari (132,3 mln AQSH dollari) va mashinalar va transport asbob-uskunalarini (131,8 mln dollar) import qilgan.

Shu yilning 8 oyida Xorazm viloyatining Qirg‘iziston bilan tashqi savdo tovar aylanmasi hajmi 24,6 mln AQSH dollarini tashkil etib, shundan eksport hajmi 24,1 mln dollarga, import 0,5 mln dollarga teng bo‘lgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekiston xorijiy davlatlardan qiymati 4,5 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 1,0 mln  tonna muzqaymoq va muzqaymoq mahsulotlarini import qilgan.

Davlat statistika qo‘mitasi Uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 2022- yilning 1- yanvar holatiga O‘zbekistonda har 100 ta uy xo‘jaligiga o‘rtacha 53 ta yengil avtomobil to‘g‘ri kelgan.

Yangibozor tumanida 2022- yilning yanvar-avgust oylarida  164,2 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.

Urganch  shahrida  faoliyat ko‘rsatayotgan 866 ta sanoat korxonasi tomonidan 2022- yilning yanvar-avgust oylarida 1 949,2 mlrd so‘mlik mahsulot  ishlab chiqarilgan.

2022-   yilning  yanvar-avgust oylarida Xonqa tumanining tashqi savdo aylanmasi hajmi 31,6 mln AQSH dollarini tashkil etib, uning 67,7 %i yoki 21,4 mln dollari eksport hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Hazorasp  tumaniga joriy yilning 8 oyida xorijdan qiymati 9,8 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan mahsulot import qilingan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2022- yilning yanvar-avgust oylarida 13 ta davlatga qiymati 22 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan gilam eksport qilgan.

Xorazm viloyatida  2022- yilning yanvar-avgust oylarida sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida 51 ta yangi tashkilot tashkil etilgan, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan  18 taga yoki 30,1 %ga kamaygan.

Xorazm viloyati sanoatida 2022- yilning yanvar-avgust oylarida  hajmi 612,8 mlrd so‘mga teng bo‘lgan ichimlik mahsulotlari  ishlab chiqarilgan.