04/10/2022

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2022- yilning yanvar-avgust oylarida 13 ta davlatga qiymati 22 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan gilam eksport qilgan.

 Gilam eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,1 mln AQSH dollariga kam.

2022- yilning 8 oyida O‘zbekiston gilam eksport qilgan asosiy davlatlar:

—  Qirg‘iz R. – 12,7 mln.

—  Ozarbayjon – 3 mln.

—  Afg‘oniston – 2,2 mln.

—  Rossiya – 2,2 mln.

—  Qozog‘iston – 843 ming

—  AQSH – 358 ming

—  Tojikiston – 305 ming AQSH dollari

 

Matbuot xizmati