Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2022- yilning yanvar-sentabrida Xorazm viloyati bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot (YAHM) hajmi joriy narxlarda 22 646,1 mlrd  so‘mni tashkil etgan va  2021- yilning  mos davri  bilan taqqoslaganda 4,7 % ga o‘sgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2022- yilning 1- oktabr holatiga Xorazm viloyatining hududlari kesimida doimiy aholi soni:

2022- yil yanvar- sentabr oylarida  viloyatda 31,2 mingta bola tug‘ilganligi qayd etilgan.

2022- yilning 1- yanvar holatiga Oʻzbekiston Respublikasida doimiy aholining oʻrtacha umr koʻrish davomiyligi 73,8 yoshni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida viloyatda  hajmi 2843,9 mlrd so‘mga teng bo‘lgan yangi ishlab chiqarish quvvatlari, turar-joy va ijtimoiy obyektlari qurilishi amalga oshirilgan.

Joriy yilning 1- oktabr holatiga viloyat bo‘yicha 1 kv.km. yer maydoniga 322 kishi to‘g‘ri kelgan.

2022- yilning yanvar- sentabrida kichik tadbirkorlik subyektlarining  viloyat YAHM hajmidagi ulushi 71,9 % ni tashkil etgan.

Viloyatda joriy yilning 9 oyida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmida dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik hamda ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlari 97,4 % (16 042,6 mlrd so‘m), o‘rmon xo‘jaligi 0,7% ( 105,4 mlrd so‘m) va baliqchilik xo‘jaligi 1,9 % (318,7 mlrd so‘m) ulushga ega bo‘lgan.

2022 – yilning yanvar– sentabr oylarida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 16 466,7 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

 Bugun, 28- oktabr kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida bo‘lib o‘tgan   navbatdagi seminar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022- yil 14- oktabrdagi 595-sonli  “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-ahloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining asosiy mazmun-mohiyatini o‘rganishga bag‘ishlandi.

Yoshlar ishlar agentligi bilan hamkorlikda “Yosh mutaxassislarni tanlashning namunaviy dasturi” asosida Davlat statistika qo‘mitasining Yosh mutaxassislarni tanlashning namunaviy dasturi tasdiqlandi.

Multindikator klaster kuzatuvi (MICS) natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonda faqatgina 5 % otalar farzandlarining ta’lim jarayonlarida ishtirok etadi. Bu haqda poytaxtimizdagi “Hilton” mehmonxonasida Davlat statistika qo‘mitasi hamda BMT xalqaro bolalar jamg‘armasi UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida o‘tkazilgan “Multiindikator klaster kuzatuvlarining dastlabki natijalari” mavzusiga bag‘ishlangan taqdimot yig‘ilishida axborot berildi.

2022- yilning yanvar- sentabr oylarida viloyatda bajarilgan qurilish ishlari hajmi (3 602,3 mlrd so‘m) tarkibida davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan jami 160,1 mlrd so‘mlik, nodavlat mulkchilikdagi tashkilotlar tomonidan esa 3412,2 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.

2022- yilning 1- oktabriga viloyatda  tashish va saqlash sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 995 taga yetgan.

2022- yilning yakunlari bo‘yicha viloyatimiz jahonning 122 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda.

Bugun, 21- oktabr kuni  Xorazm viloyati statistika boshqarmasida har haftaning juma kunlari o‘tkazib kelinayotgan “Huquqiy bilimlarni oshirish kuni” doirasidagi  navbatdagi tadbir  tashkil etildi.

2022-  yilning 20- oktabr kuni Urganch shahridagi   Al-Xorazmiy nomli mahalla fuqarolar yig‘inida Xorazm viloyati statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti I.Otajonov tomonidan navbatdagi targ‘ibot seminari tashkil etildi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2022- yilning sentabr oyida ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar soni: