20/01/2023

2023- yilning 20- yanvar kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida yangi qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlarni targ‘ib qilishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda boshqarma  rahbariyati, tarmoq bo‘lim boshliqlari va hududlardagi statistika bo‘limi boshliqlari (onlayn formatda) ishtirok etdilar.

Boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov yig‘ilganlarni 2022- yilning 21- dekabrida qabul qilingan “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  PF-269- sonli Prezident Farmoni hamda “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlari doirasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-447-sonli Prezident Qarorining mazmuni bilan tanishtirdi. Shuningdek, ushbu me’yoriy –normativ hujjatlar orqali ijro etuvchi hokimiyat tarkibi va ish tizimiga kiritilayotgan o‘zgarishlar xususida batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi.

    

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech