19/01/2023

Mahalla faollari ishtirokidagi navbatdagi seminar bugun, 19- yanvar kuni  viloyatimizning Xonqa shaharchasi “Muqaddas” mahallasida tashkil etildi

 

Unda ishtirok etgan  Xorazm viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i v.b. A.O‘tamuratov  shu mahalladan uy xo‘jaliklari tanlama kuzatuviga tushgan xonadonlarda olib boriladigan so‘rovnomalarning xususiyati va mazmuni bilan tanishtirish barobarida, mazkur kuzatuvlarning aholi turmush darajasini o‘rganishda muhim ma’lumot manbasi bo‘lib xizmat qilishini tushuntirib o‘tdi.

 

 

Axborot xizmati