2022-  yilning yakunlarida Xorazm viloyatida tashish va saqlash bo‘yicha xizmatlar sohasida 1 366,4 mlrd.so‘m miqdorida qo‘shilgan qiymat yaratilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan  11,0 % ga yuqoridir.

Joriy yilning  18- aprel kuni  Xorazm viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i A.Oʻtamuratov va Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limi mutaxassisi Shu.Xudayberganov Qoʻshkoʻpir tumanidagi "Qadriyat" mahallasidan tanlanma kuzatuv dislokatsiyasiga tushgan  fuqaro  Atayev Egamberganning xonadonida  kuzatuv o‘tkazdilar.

2022/2023- o‘quv yili boshiga Xorazm viloyatidagi  umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida umumiy hisobda 365,7 ming nafar o‘quvchi tahsil olgan.

Xorazm viloyatida 2022/2023- o‘quv yili boshiga  faoliyat ko‘rsatayotgan nodavlat umumiy ta’lim tashkilotlari soni 13 tani tashkil qilgan.

2023- yilning 1 aprel holatiga viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan xususiy korxonalar soni  4 856 tani tashkil etib, 2019- yilning mos davri bilan solishtirilganda 8,1 foizga ko‘paygan.

Xorazm viloyatida 2023- yilning yanvar-mart oylarida 920 ta yangi  mas’uliyati cheklangan jamiyati tashkil etilgan.

2023- yilning 1- aprel holatiga Tuproqqal’a tumanida 713 ta korxona va tashkilot faoliyat yuritgan.

Xorazm viloyati sanoatida 2023- yilning yanvar-fevral oylarida 154,5 mlrd so‘mlik ichimlik mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan fizik hajm indeksi esa 35,2 %ga ko‘paygan.

Joriy yilning 14- aprel kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida huquqiy mavzuda o‘quv-seminar yig‘ilishi o‘tkazildi.

2022- yilning yanvar-dekabr oylarida, O‘zbekiston Respublikasida kuzatilgan uy xo‘jaligi a’zolaridan jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanuvchi shaxslar ulushi 62,3 % ni tashkil etdi, shundan erkaklar - 67,3 %, ayollar - 57,3 % tashkil etmoqda.

Xorazm viloyatida  2023- yilning yanvar-fevral oylarida 1 586,8 mlrd so‘mlik iste’mol tovarlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, aholi jon boshiga o‘rtacha 817,4 ming so‘mdan to‘g‘ri kelgan.

2023- yil yanvar-fevral oylarida viloyatimiz importi  hajmida MDH mamlakatlarining ulushi 18,1 % ni yoki 16,6 mln AQSH dollarini  tashkil etdi.

2023- yilning  1- aprel holatiga viloyatimizda   124 ta xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar faoliyat yuritmoqda.

2023- yilning 1- aprel holatiga viloyatimizda faoliyat yuritayotgan  kichik biznes subyektlarining iqtisodiy faoliyat turi bo‘yicha tarkibi:

2023- yilning  1-  aprel holatiga  viloyatimizda faoliyat yuritayotgan  kichik biznes subyektlari soni 22 114 tani tashkil qilgan.

2022/2023- o‘quv yili boshiga viloyatimizda 573 ta umumiy o‘rta ta’lim tashkiloti faoliyat yuritgan.

Bugun, 14- aprel kuni  viloyatimizning 2 ta hududida iste’mol narxlari indeksi (INI) navbatdagi  kuzatuvi o‘tkazildi.

2023-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekistonga turistik maqsadlarda tashrif buyurgan chet el fuqarolari soni jami 1487,7 ming nafarni tashkil etgan.