18/04/2023

2023- yilning 1 aprel holatiga viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan xususiy korxonalar soni  4 856 tani tashkil etib, 2019- yilning mos davri bilan solishtirilganda 8,1 foizga ko‘paygan.

Xususiy tadbirkorlik subyektlari o‘sish sur’atlarining 2019- yilning mos davriga nisbatan ko‘payishiga tashish va saqlash (137,4 foiz), savdo (133,5 foiz), sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohalari (124,0 foiz), tumanlar kesimida esa – Shovot (223,5 foiz), Qo‘shko‘pir (147,5 foiz), Yangibozor (143,0 foiz), Xonqa (120,7 foiz) tumanlari ta’sir ko‘rsatmoqda.

 

Axborot xizmati