Tuproqqal’a tumanida faoliyat yuritayotgan qurilish tashkilotlari tomonidan 2023- yilning 3 oyida 31,3  mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan bo‘lib, shundan 21,1 mlrd so‘mlik bino va inshootlar qurilishi, 9,2 mlrd so‘mlik fuqarolik obyektlari qurilishi  va 1,0 mlrd so‘mlik ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari amalga oshirilgan. 

 Xorazm viloyatida  2023- yilning  yanvar-mart oylarida yangi qurilish ishlari hajmida norasmiy sektor hissasi 285,5 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Xorazm viloyati statistika boshqarmasida me'yoriy-huquqiy hujjatlarning targ‘iboti orqali xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirishga bag‘ishlangan seminarlar muntazam tashkil etib kelinmoqda.

30- aprel kuni yurtimizda xalqimiz va jamiyat hayotida muhim oʻrin tutadigan, ertangi yorugʻ kelajakni taʼminlaydigan yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi boʻyicha REFERENDUM oʻtkazildi.

Koʻrib chiqilayotgan davrda jami koʻrsatilgan shaxsiy xizmatlar hajmida sartaroshxona va goʻzallik salonlari xizmatlarining ulushi 65,2 %ni tashkil etib hajmi 1 588,3 mlrd. soʻmga yetdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra,  Xorazm viloyatida 2023- yil yanvar-mart oylarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining chakana savdo tovaraylanmasi hajmi 1 925,5 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Joriy yilning 1- aprel holatiga respublikamizda ro‘yxatdan o‘tgan sanoat sohasidagi korxonalar soni 109 011 ta bo‘lib, ularning o‘sish sur’ati 2019- yilning mos davriga nisbatan 167,2 foizni tashkil etdi. So’nggi yillarning mos davrida ushbu sohada ro‘yxatdan o‘tgan korxonalarning dinamikasi quyidagicha:

2022- yilning yanvar-dekabr oylarida, Xorazm viloyatida kuzatilgan uy  xo‘jaligi a’zolaridan jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanuvchi shaxslar ulushi 51,8 % ni tashkil etdi, shundan erkaklar - 54,3 %, ayollar - 49,5 % tashkil etmoqda.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning yanvar-mart oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmida aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining ulushi 6,4 % ni tashkil etib, 2022- yilning yanvar-mart oylariga nisbatan o‘sish sur’ati 121 % ga teng.

Xorazm viloyatida 2023- yil I choragida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 1 668,2 mlrd so‘mni tashkil qilib, 2022- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 108,0 % ni tashkil etdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra,  2023- yilning yanvar-mart oylarida viloyatimiz xorijga 71,3 mln. AQSH dollari qiymatidagi (2022- yilning mos davriga nisbatan 29,0 % ga ko‘paydi) tovar va xizmatlar eksport qilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Xorazm viloyati 2023- yilning yanvar-mart oylarida YAHM tarkibida kichik tadbirkorlik subyektlarining ulushi 64,7% ni tashkil qilgan.

Dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, mart oyida  viloyatda qayd etilgan nikohdan ajralishlar soni 210 tani tashkil qilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra,  Xorazm viloyati  chakana savdo tovar aylanmasida joriy yilning yanvar-mart oylarida  eng yuqori ulush Urganch shahri  hissasiga to‘g‘ri kelgan va 24,1 %ni yoki 507,5 mlrd so‘mni tashkil etgan.

2023- yilning yanvar-mart oylarida  Xorazm viloyatining yalpi hududiy mahsulot tarkibida   qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining ulushi 31,4 % ni, sanoat tarmog‘i  - 19,0 % ni, qurilish - 6,3 % ni va xizmatlar sohasining ulushi 43,3 % ni tashkil qildi.

Dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning yanvar-mart oylarida Xorazm viloyatida ko‘rsatilgan moliyaviy xizmatlarning tarkibi:

Xorazm viloyatida 2023- yilning yanvar-mart oylarida  ko‘rsatilgan bozor xizmatlari tarkibida eng katta ulushga ega faoliyat turlari:

Joriy yilning yanvar-mart oylarida Xonqa tumanida 67,9 mlrd so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati 2022- yilning mos  davriga nisbatan  103,1  foizni tashkil etdi.