2023- yilning 12- aprel kuni Xorazm viloyatining Shovot tumani chorva bozorida viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘i A.O‘tamuratov ishtirokida o‘tkazilgan 12-bozor (chorva) kuzatuvi davomida chorva mollarining yosh guruhi bo‘yicha sotilish ko‘rsatkichlari o‘rganildi va natijalari planshetlarga qayd etildi.

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning 1- aprel holatiga respublikamizning doimiy aholisi  36 197 781 kishini tashkil etgan.

 Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning yanvar-mart oylarida 23 891 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) yangi korxona va tashkilotlar  tashkil etilgan.

2022- yilning yanvar-dekabr holatiga ko‘ra, Xorazm viloyatida uy xo‘jaliklarining uy-joy turlari bo‘yicha taqsimlanishi:

2023- yil 1- yanvar holatiga, Xorazm viloyatining barcha toifadagi xo‘jaliklarida yirik shoxli qoramollarning umumiy bosh soni 961,7 ming boshni (2022- yil 1- yanvar holatiga nisbatan 101,4 %), shundan sigirlar – 365,1 ming boshni (101,1 %), qo‘y va echkilar – 485,1 ming boshni (102,9 %), otlar – 5,8 ming boshni (101,5 %) hamda parrandalar – 6 518,0 ming boshni (106,8 %) tashkil etdi.

Yangiariq tumanida 2023- yilning yanvar-fevral oylarida 16,7 mlrd so‘mlik bino va inshootlar qurilishi ishlari bajarilgan.

Xiva tumanida 2023- yilning yanvar-fevral oylarida  94,3 mlrd so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, shuning 25,0 mlrd so‘mi yoki 26,5%ini transport xizmatlari  tashkil qilgan.

2023- yilning yanvar-fevral oylarida  Xorazm viloyatining  ishlab chiqaradigan sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 2 680,0 mlrd so‘mni yoki jami sanoat mahsulotlarining 94,5 %ini tashkil etdi.

Xorazm viloyati sanoatida joriy yilning yanvar-fevral oylarida  1 586,0 mlrd so‘mlik iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2022- yilning mos davriga nisbatan 106,7 %ni, uning jami sanoatdagi ulushi 56,0 %ni tashkil etdi.

2023- yil 1- aprel  holatiga viloyatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar va tashkilotlarning soni (fermer va dehqon xo‘jaliklaridan tashqari) 25 312 tani tashkil etdi.

2023- yilning  yanvar-fevral oylarida  viloyatimiz xorijga qiymati  18,9 mln AQSH dollarini tashkil qilgan sanoat tovarlarini eksport qilgan.

Xorazm viloyatidan 2023- yil yanvar-fevral oylari yakuni bo‘yicha xorijiy davlatlarga qilingan xizmatlar eksportining hajmi 1,6 mln AQSH dollarini yoki jami eksport hajmining 3,3 % ini tashkil etgan.

Gurlan tumanida 2023- yilning 1- aprel holatiga faoliyat yuritayotgan kichik biznes subyektlari soni  1 480 tani tashkil qilgan.

2023-yilning yanvar-fevral oylarida  Yangibozor tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari tomonidan umumiy hajmi 70,0 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan bo‘lib,o‘tgan yilning mos davriga nisbatan sanoat ishlab chiqarishning fizik hajm indeksi 117,7% ni tashkil qilgan.

Urganch shahrida  faoliyat yuritayotgan 496 ta qurilish tashkiloti tomonidan 2023- yilning dastlabki 2 oyida  viloyatda bajarilgan jami qurilish ishlarining 26,1 foiziga teng bo‘lgan 105,9 mlrd so‘mlik  ishlar amalga oshirilgan.

Joriy yilning yanvar-fevral oylarida  viloyatimizning tashqi savdo tovar aylanmasi tarkibida eng yuqori ulush Tuproqqal’a tumani hissasiga to‘g‘ri kelib, 23,8 %ni yoki  33,4 mln AQSH dollarini tashkil qilgan.

Xorazm viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yil yakunlari bo‘yicha Xorazm viloyatida YAHM o‘sishiga qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi 1,5 f.p., sanoat tarmog‘i – 1,9 f.p., qurilish tarmog‘i – 0,2 f.p., xizmat ko‘rsatish tarmog‘i – 1,7 f.p. va mahsulotga sof soliqlar – 0,4 f.p. ijobiy hissa qo‘shdi.

Joriy yilning  11- aprel kuni  Xorazm viloyati statistika boshqarmasi Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limi  boshlig‘i X.Sa’dulla va mutaxassisi Yu.Polvonovalar  Gurlan shaharchasining “ Gulshan” mahallasida uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvini o‘tkazdilar.