Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2023- yilning yanvar-aprel oylarida 11 ta xorijiy davlatlarga qiymati 12,5 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 8,4 mln juft oyoq kiyimlar eksport qilgan. 

Shovot tumanining tashqi savdo tovar aylanmasi hajmi 2023- yilning yanvar-aprel oylarida   27,8 mln AQSH dollarini tashkil qilgan.

Urganch tumanida 2023- yilning yanvar-aprelida  ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 273,0 mlrd so‘mni tashkil etib, shuning 7,6 %ini aloqa va axborotlashtirish xizmatlari tashkil qilgan.

Urganch shahri sanoatida joriy yilning yanvar-aprelida  1023,2 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.

Qo‘shko‘pir tumanining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 2023- yilning yanvar-aprelida  131,6 mlrd so‘mni tashkil etib, 2022- yilning mos davriga nisbatan 4,6 %ga oshgan.

Xorazm viloyatida 2023- yilning yanvar-may oylarida 2 423 ta kichik biznes subyekti yangi tashkil etilgan.

2023- yil yanvar-may oylarida viloyatda 2 426 ta  yangi tadbirkorlik subyektlari tashkil etilgan bo‘lib, shundan 2 423 tasini mikrofirma va kichik korxonalar, 3 tasini yirik korxonalar tashkil etgan.

Yangibozor tumani 2023- yilning yanvar-aprel oylarida   xorijga qiymati 11,3 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan mahsulot (xizmat)lar eksportini amalga oshirgan.

Xorazm viloyatida 2023- yilning 1- iyun holatiga qurilish sohasida  1 711 ta  korxona va tashkilot faoliyat yuritib, ularning tarkibida:

2023- yilning 1- iyun holatiga viloyatimizda iqtisodiy faoliyat turi bo‘yicha eng ko‘p korxona va tashkilot  savdo (8 718 ta), sanoat ( 3 925 ta), qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi (2 624 ta), qurilish (1 711 ta) sohalarida faoliyat yuritgan.

Xorazm viloyatida shu yilning yanvar-may oylarida 2 461 ta yangi korxona va tashkilot tashkil etilgan.

     Viloyat statistika boshqarmasida shu yilning 9- iyun kuni o‘tkazilgan navbatdagi huquqiy targ‘ibot yo‘nalishidagi seminar “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 2023- yil 6- mayda qabul qilingan O‘RQ-838-sonli Qonunining mazmun-mohiyatini  tushuntirishga bag‘ishlandi.

     2023- yilning 12-13- iyun kunlari Xorazm viloyatining Urganch shahri va Gurlan tumanida narx kuzatuvi dislokatsiyasiga tushgan savdo va xizmat ko‘rsatish shahobchalarida navbatdagi iste’mol narxlar indeksi (INI) kuzatuvi o‘tkazildi.

2023- yilning yanvar-aprel oylari yakuniga koʻra koʻrsatilgan bozor xizmatlari tarkibida eng katta ulushni moliyaviy xizmatlar 24,0 % tashkil etdi. Shu bilan birga, yuqori koʻrsatkichlar transport xizmatlari (23,8 %), savdo xizmatlari (23,6 %), aloqa va axborotlashtirish (6,5 %), shuningdek, taʼlim sohasidagi xizmatlar (3,7 %) hissasiga toʻgʻri kelmoqda.

2022/2023- o‘quv yili boshida akademik litseylarga qabul qilingan o‘quvchilar soni 17 147 nafarni tashkil etgan.

 Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning yanvar-may oyida 40 100 ta yangi korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etilgan.

2023- yil 1- iyun holatiga viloyatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar va tashkilotlarning soni (fermer va dehqon xo‘jaliklaridan tashqari) 25 867 tani tashkil etdi.

Xiva tumanining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 2023- yilning yanvar-aprelida  97,1 mlrd so‘mni tashkil etib, 2022- yilning mos davriga nisbatan 7,0 %ga oshgan.