08/06/2023

   Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha har bir jamoada sog‘lom muhit hamda xodimlarning murosasiz munosabatini shakillantirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.
Shu maqsadda 2023- yilning 8- iyun kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat xizmati boshlig‘i B. Melikmurotov tomonidan davra suhbati tashkil etildi.


   Tadbir avvalida B. Melikmurotov boshqarma xodimlarini O‘zbekiston Respublikasining 2017- yil 3- yanvarda qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘RQ-419-sonli Qonunining mazmun-mohiyati bilan tanishtirib, tizim xodimlari kundalik ish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan har qanday ko‘rinishdagi korrupsiyaviy holatlarga o‘zining murosasiz munosabatini bildirishi lozimligini alohida ta’kidladi.
    Shu bilan bir qatorda korrupsiyani oldini olish maqsadida har bir xodim o‘ziga ayon bo‘lgan korrupsiyaviy jarayonlar to‘g‘risida o‘z vaqtida statistika idoralari rahbariyatiga xabar berishi lozimligi yig‘ilish davomida tushuntirib, mamlakatimizda ushbu yo‘nalishda qabul qilinayotgan yangi normativ-huquqiy hujjatlar bilan tanishtirish orqali xodimlarning huquqiy savodxonligi va madaniyatini oshirishga qaratilgan tadbirlarni muntazam o‘tkazib borish zarurligi ham takidlab o‘tildi.


   Tadbir so‘nggida boshqarma boshlig‘i A.O‘tamuratov boshqarma miqyosida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar xususida to‘xtalib, barcha xodimlar orasida korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakillantirish maqsadida targ‘ibot ishlari olib borilayotganligi, tadbirkorlik subyektlari bilan ham bu borada tushuntirish ishlari izchil olib borilayotganligiga to‘xtalib o‘tdi.
O‘z navbatida Statistika agentligining Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat xizmati boshlig‘i B. Melikmurotov tadbirkorik subyektlarini qabul qilish uchun boshqarmada kamera bilan jihozlangan alohida xonani tashkil etish, boshqarma va tuman (shahar) statistika bo‘limlarini ishonch raqamlari ko‘rsatilgan bannerlar bilan to‘liq jihozlash yuzasida topshiriq berib, ishni qisqa muddatda tashkil etishga oid o‘zining tavsiyalarini bildirdi.

Axborot xizmati