Joriy yilning yanvar-iyun oylarida Xorazm viloyatida jami 2 482,0 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati  2022- yilning mos davriga nisbatan 107,0 % ni tashkil etdi.

Xorazm viloyatida 2023- yilning yanvar-iyun oylarida faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subektlari soni 2019- yilning mos davriga nisbatan 8 839 taga oshdi va 23 279 taga yetdi.

2023- yilning 1- iyul holatiga viloyatda axborot va aloqa sohasida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar soni 376 tani tashkil etib, ularning 43,9 %i yoki 165 tasi kompyuter dasturlashtirish va axborot xizmati ko‘rsatish yo‘nalishlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Xorazm viloyatida 2023- yilning yanvar-iyun oylarida savdo sohasida 1 386 ta yangi kichik biznes subyektlari tashkil etilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023- yil yanvar-iyun oylarida Xorazm viloyatining tashqi savdo aylanmasi (TSA) 455,2 mln AQSH dollariga yetdi va 2022- yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 78,6 mln AQSH dollariga yoki 20,9 % ga ko‘paydi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023- yil yanvar-iyun oylarida viloyatda bozor xizmatlar hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan  9,5 %ga oshdi.

 Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023-yilning yanvar-iyun oylarida Xorazm viloyatining chakana savdo tovar aylanmasi 5 160,5 mlrd so‘mni tashkil etib, 2022- yilning  shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 103,3 % ga yetdi.

Bugun, 20- iyul kuni viloyat statistika boshqarmasining Narx statistikasi bo'limi boshlig'i Sh.Babajanov Urganch shahridagi “To‘maris-Nur” gipermarketida iste’mol narxlari indeksi (INI)ning navbatdagi kuzatuvini o‘tkazdi.

2022-yil yakunlariga koʻra respublika boʻyicha jami 185 ming tonna baliq ovlangan boʻlib, ushbu koʻrsatkich 2021-yilga nisbatan 107,8 %ni tashkil etgan.

2022-yil yakunlariga koʻra Respublika boʻyicha ovchilikka biriktirilgan umumiy yer maydoni 4 617,8 ming gektarni tashkil etadi.

2023- yilning yanvar-may oylarida Gurlan tumanida 239,8 mlrd so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, ularning 10,9 %ini moliyaviy xizmatlar tashkil qilgan.

Yangiariq tumanida joriy yilning yanvar-may oylarida 57,6 mlrd so‘mlik transport xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4,2 %ga o‘sgan.

2022- yilning yanvar-dekabrida viloyatda joriy qilingan texnologik innovatsiyalar soni 453 tani tashkil etib, asosan qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi (jamiga nisbatan 60,5 % yoki 274 ta) va ishlab chiqarish sanoati (jamiga nisbatan 18,1 % yoki 82 ta) hissasiga to‘g‘ri keladi.

Xorazm viloyatida, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023- yil yanvar-iyun oylarida aholi jon boshiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlari  hajmi 2 991,0 ming so‘mga yetdi.

Xorazm viloyatida 2023- yil 1- iyul holatiga chakana savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalari soni 5 975 tani tashkil etib, 2022- yil  1- iyulga nisbatan   474 taga oshgan (o‘sish sur’ati 108,6 %).

2023- yilning yanvar-iyun oylarida  viloyatimizda 521 ta yangi xususiy korxona tashkil etilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ularning soni 194 taga ko‘paygan.

Xorazm viloyati bo‘yicha 2023- yilning 1- iyul holatiga faoliyat yuritayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni (125 ta)ning faoliyat turlari kesimida taqsimlanishi:

2023- yilning yanvar-iyun oylarida viloyatimizda 484 ta yangi oilaviy korxona va tashkilot tashkil etilgan.