Xorazm viloyatida 2023- yil 1- iyul holatiga tashish va saqlash xizmatlari sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni jami viloyatdagi faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning 4,0 foizni tashkil etdi va 1 053 taga yetdi.

Xorazm viloyatida joriy yilning 1- iyuliga axborot va aloqa sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan  19 taga oshgan va 376 taga yetgan.

Xorazm viloyatida 2023- yil 1- iyul holatiga yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar  soni  1 558 tani tashkil etgan.

Xorazm viloyati bo‘yicha  2023- yilning 1- iyul holatiga faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalarining hududlar kesimidagi soni:

2023-yilning yanvar-iyun holatiga ko‘ra, Xorazm viloyatida uy xo‘jaliklarining uy-joy turlari bo‘yicha taqsimlanishi:

2023-yilning yanvar-iyun oyida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar jami 47 681 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, ular hududlar kesimida quyidagicha taqsimlangan:

2023-yil 1-iyul holatiga ro‘yxatdan o‘tgan savdo korxonalarining soni 212 562 tani tashkil etib, 2019-yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,2 barobarga oshgan.

Yangiariq tumani 2023- yilning yanvar-may oylarida xorijga 11,8 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan tovar (xizmat)lar eksportini amalga oshirgan.

2023- yilning yanvar-may oylarida Gurlan tumani xorijdan jami importdagi ulushi 41,1 %ni tashkil qilgan 1,8 mln AQSH dollari qiymatidagi kimyoviy moddalar va shunga o'xshash mahsulotlarni import qilgan.

Xiva shahrida joriy yilning yanvar-may oylarida 36,7 mlrd so‘mlik transport xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 7,5 %ga o‘sgan.

Urganch tumanida 2023- yilning 1- iyul holatiga faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari soni 2 555 tani tashkil qilgan.

2023- yilning 1- iyul holatiga Qo‘shko‘pir tumanida davlat ro‘yxatidan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 2 661 tani tashkil etib, ularning 2 027 tasi faoliyat yuritgan.

Bog‘ot tumani 2023- yilning yanvar-may oylarida  xorijga qiymati 5,9 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, viloyatimiz bo‘yicha 2023- yilning yanvar-iyun oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 5 877,3 mlrd so‘mga yetib, taqqoslama ekvivalentda o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 109,5 %ni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-iyun oylarida viloyatimizda 2 097 ta yangi mas’uliyati cheklangan jamiyatlari tashkil etilgan.

2023- yilning 1- iyul holatiga viloyatda 1 717 ta qurilish tashkiloti faoliyat yuritgan.

Xorazm viloyatida joriy yilning 1- iyuliga qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 2 647 ta korxona va tashkilot (dehqon va fermer xo‘jaliklarisiz) faoliyat yuritib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan ularning soni 450 taga kamaygan.

2023- yilning yanvar-may oylarida Shovot  tumanining import hajmi 19,3 mln AQSH dollarini tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,5 barobarga oshgan.