Xorazm viloyatida  2023- yil yanvar-iyun holatiga avtotransport vositalari va ularning ehtiyot qismlari ulgurji va chakana savdo aylanmasi 2 625,4 mlrd so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 48,8 % ga ko‘paydi.

2023- yilning yanvar-iyun oylarida Xorazm viloyatining chakana tovar aylanmasi tarkibida ovqatlanish korxonalari savdo aylanmasining ulushi 3,1 % ni tashkil etib, 162,4 mlrd so‘mga yetdi va 2022- yilning mos davriga nisbatan 5,9 % ga ko‘paydi.

Xorazm viloyatida 2023- yilning yanvar-iyun oylari yakunlari bo‘yicha ichimlik mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 8,9 % bo‘lib, o‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan fizik hajm indeksi 169,0 %ni tashkil etdi va ishlab chiqarish hajmi 826,4 mlrd so‘mga to‘g‘ri keldi.

Xorazm viloyatidan  2023- yil yanvar-iyun oylarida xorijga qiymati 56,8 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 63,3 ming tonna meva-sabzavot eksport qilindi.

2023- yil yanvar-iyun oylarida tovarlar va xizmatlar eksporti bo‘yicha  viloyatimizning asosiy hamkorlari bo‘lgan Rossiya, Pokiston, Qirg‘iz Respublikasi, Tojikiston, Qozog‘iston,Turkiya va Xitoy kabi davlatlarning umumiy eksportdagi ulushi 85,9 % ni  yoki 139,8 mln AQSH dollarini tashkil qilgan.

 Xorazm viloyatidan 2023- yilning yanvar-iyun oylarida MDH mamlakatlariga 94,4 mln AQSH dollari qiymatidagi tovar va xizmatlar eksport qilinib, jami eksportning 58,0 % ini tashkil etdi.

Xorazm viloyatida 2023- yilning yanvar-iyun oylarida korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar –786,7 mlrd so‘m yoki jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 19,9 %ini tashkil etdi.

Xorazm viloyatida 2023- yil yanvar-iyun oylarida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning 19,1 %i yoki 755,1 mlrd so‘mini to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kreditlar tashkil qilgan.

Joriy yilning yanvar-iyun oylarida viloyatimizda bajarilgan qurilish ishlari hajmi 2 482,0 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Xorazm viloyatida 2023- yil 6 oyi yakunlari bo‘yicha qurilish ishlarining eng yuqori hajm ko‘rsatkichi Urganch shahri hissasiga to‘g‘ri kelgan va 593,0 mlrd so‘mni yoki viloyat umumiy ko‘rsatkichning 23,9 %ini tashkil qilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra,  2023- yilning yanvar-iyunida viloyatimizda qayd etilgan nikohlar soni 7 698 tani tashkil qilgan.

Xorazm viloyati bo‘yicha 2023- yil yanvar-iyun oylarida me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik  sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar hajmi 91,7 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023- yilning yanvar-iyun oylarida viloyatimizda 18 845 ta tug‘ilish holatlari qayd etilgan bo‘lib, mos ravishda 1000 aholiga nisbatan tug‘ilish koeffitsiyenti 19,3 promilleni tashkil etdi.

Xorazm viloyatida 2023- yilning yanvar-iyun oylarida 187,9 mlrd so‘mlik yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatilgan.

2023- yilning yanvar-iyun oylari viloyatimizda   143,1 mlrd so‘mlik sug‘urta xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, jami moliyaviy xizmatlar hajmidagi ulushi 10,5 %ni tashkil etgan.

 Viloyatimizda 2022- yilda  4 ta muzey faoliyat yuritgan bo‘lib, ularga 431,8 ming kishi tashrif buyurgan.

2023-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, o‘rta tibbiyot xodimlari soni 382,8 ming nafarni tashkil etdi.

2023-yil yanvar-iyun oylarida yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlarning umumiy hajmida oziq-ovqat va ichimliklar bilan taʼminlash boʻyicha xizmatlarning ulushi 80,8 % bilan ustunlik qildi. Yashash xizmatlari ulushi 19,2 %ni tashkil etdi.