21/07/2023

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023-yilning yanvar-iyun oylarida Xorazm viloyatining chakana savdo tovar aylanmasi 5 160,5 mlrd so‘mni tashkil etib, 2022- yilning  shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 103,3 % ga yetdi.

Jumladan, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 333,4 mlrd so‘mni o‘sish sur’ati 91,8 %),  kichik biznes va  xususiy  tadbirkorlik subyektlarining  tovar aylanmasi 4 827,1 mlrd so‘mni (o‘sish sur’ati 104,2 %),  shundan, uyushmagan savdo tovar aylanmasi 977,9 mlrd so‘mni (o‘sish sur’ati 104,6 %) tashkil etdi.

 

 

Axborot xizmati