2023- yil yanvar-iyun oylari yakuni bo‘yicha Xorazm viloyatidan xorijga  umumiy eksportning 25,9 % ini tashkil etgan  42,1 mln AQSH dollarilik to‘qimachilik mahsulotlari eksporti amalga oshirilgan.

2023- yilning yanvar-iyun oylarida viloyat YAHM tarkibida xizmatlar sohasining ulushi 38,6 %ni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 103,6 % darajada qayd etilgan.

2023- yilning yanvar-iyun oylarida Xorazm viloyati sanoatida 1915,0 mlrd so‘mlik to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

Xorazm viloyati bo‘yicha 2023- yilning yanvar-iyun oylarida ulgurji savdo tovar aylanmasi 2 903,3 mlrd so‘mni tashkil etib, 2022- yilning mos davriga nisbatan 5,4 % ga ko‘paydi.

Joriy yilning 6 oyida viloyatimizda 3 100 ta yangi  kichik biznes subyekti tashkil etilgan.

V iloyatimizda  2023- yil 1- iyul holatiga faoliyat yuritayotgan kichik korxona va mikrofirmalar soni jami 23 152 tani tashkil etgan.

2023- yilnig yanvar-iyunida YAHM tarkibida kichik tadbirkorlik subyektlarining ulushi 68,3% ni tashkil qilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Xorazm viloyatida 2023- yilning yanvar-iyun oylarida qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi tarmog‘ining ijobiy o‘sish sur’atiga asosan quyidagi mahsulotlarning 2022- yilning mos davriga nisbatan yuqori o‘sish sur’ati qayd etilganligi orqali erishildi:

2023- yilning yanvar-iyun oylarida viloyat bo‘yicha hajmi 130,3 mlrd so‘mlik sog‘liqni saqlash xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 111,1 %ni tashkil qilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, viloyat bo‘yicha nikohdan ajrashish holatlari  soni 2023- yilning yanvar- iyun oylarida 1274 tani, har 1000 aholiga nikohdan ajralishlar koeffitsiyenti 1,3 promilleni tashkil etgan.

Xorazm viloyatida, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023- yilning  yanvar-iyun oylarida ishlab chiqarilgan qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 10026,4 mlrd soʻmni tashkil qilgan.

Xorazm viloyatida 2022- yilda 2 ta (qo‘g‘irchoq va musiqiy) teatr faoliyat yuritgan bo‘lib, yil davomida ularda 463 ta spektakl namoyish etilgan.

   Bugun, 31- iyul sanasida Xorazm viloyati statistika boshqarmasida “Huquqiy targ‘ibot” tadbiri doirasida iyul oyida mamlakatimizda qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlar targ‘ibotiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Aholi va uy-joy fondini roʻyxatga olish mamlakat aholisining soni va xususiyatlari haqidagi maʼlumotlarni  toʻplashning asosiy poydevorlaridan biri boʻlib, boshqa roʻyxatga olish turlari, tadqiqotlar, registrlar va maʼmuriy manbalarni oʻz ichiga olishi mumkin boʻlgan integratsiyalashgan milliy statistika tizimining tarkibiy qismi sifatida xizmat qilishi kerak.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-iyun oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 332,6 ming tonna shakar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 7,9 % ga oshgan.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida telekommunikatsiya xizmatlari hajmi 8,3 trln. soʻmni tashkil etib, 2022-yilning shu davriga nisbatan oʻsish surʼati 120,0 %ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston Respublikasi aholi jon boshiga umumiy daromadlari 9,3 mln. so‘mni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsuloti (YAIM)i hajmi joriy narxlarda 469,6 trln. so‘mni tashkil etdi va 2022-yilning yanvar-iyun oylari bilan taqqoslaganda 5,6 % ga o‘sdi.