31/07/2023

Joriy yilning 6 oyida viloyatimizda 3 100 ta yangi  kichik biznes subyekti tashkil etilgan.

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha eng ko‘p kichik korxona va mikrofirma savdo sohasida 1 386 ta, sanoatda 526 ta hamda qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 308 ta yangidan tashkil etilgan.

Tuman va shaharlar kesimida tahlil qilinganda, eng ko‘p kichik korxona va mikrofirma Urganch shahrida (374 ta), Shovot tumanida (365 ta) hamda Urganch tumanida (302 ta) yangidan tashkil etilgan.

 

 

Axborot xizmati