Xorazm viloyatida 2023- yilning  1- iyun holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan 25 867 ta korxona va tashkilotning har uchinchisi savdo sohasida faoliyat yuritgan va ularning soni 8 718 tani tashkil qilgan.

Xorazm viloyatida 2023- yilning 1- iyun holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar sonining hududlar kesimida taqsimlanishi:

Yangiariq tumanida chakana savdo sohasida faoliyat yuritayotgan 524 ta kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan  joriy yilning yanvar-aprel oylarida 107,1 mlrd so‘mlik savdo tovar aylanmasi amalga oshirilgan.

2023- yilning yanvar-aprel oylarida Xonqa tumanining tashqi savdo tovar aylanmasi  hajmi 23,3 mln AQSH dollarini tashkil etib, umumiy hajmning 51,5%i yoki 12,0 mln dollari import hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Joriy yilning yanvar-aprel oylarida Xiva tumanining  bozor xizmatlari tarkibida eng yuqori hajm transport xizmatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan va 51,6 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

2023- yilning yanvar-aprel oylarida Hazorasp tumanida 86,8 mlrd so‘mlik bino va inshootlar qurilish ishlari bajarilgan.

2022/2023- o‘quv yili boshiga viloyatimizdagi oliy ta’lim tashkilotlarining magistratura bosqichida 1,3 ming talaba tahsil olgan.

2023- yilning yanvar-aprel oylarida   viloyatimiz xorijdan 11,6 mln AQSH dollarlik avtomobil va ularning ehtiyot qismlari importini amalga oshirgan.

2023- yilning yanvar-aprel oylarida  Gurlan tumanida  norasmiy sektor tomonidan 22,7 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich umumiy hajmning 38,1 %ini tashkil qilgan.

Xorazm viloyati joriy yilning yanvar-aprel oylarida   xorijiy davlatlardan 2,2 mln AQSH dollarlik hayvonlar uchun ozuqalarni import qilgan.

2022/2023- o‘quv yili boshiga viloyatimizdagi oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavr bosqichida  41,5 ming talaba tahsil olgan.

Xorazm viloyati joriy yilning yanvar-aprel oylarida   xorijiy davlatlarga qiymati 1,4 mln AQSH dollarlik mineral yoqilg‘i, yog‘lash moylari va shunga o‘xshash materiallar eksportini amalga oshirgan.

2023- yilning yanvar-aprel oylarida   viloyatimizning Pokiston bilan tashqi savdo tovar aylanmasi hajmi 23,0 mln AQSH dollarini tashkil etib, shundan eksport hajmi 22,7 mln dollarga, import – 0,3 mln dollarga teng bo‘lgan.

Joriy yilning 16- iyun kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasi Turmush darajasi statistikasi va uy xo'jaliklari kuzatuvlari bo‘limi boshlig‘I X.Sa’dulla va intervyuyeri Sh.Xudoyberganov Qo‘shko‘pir tumani, “ Tegalak” mahallasidan tanlanma kuzatuv dislokatsiyasiga tushgan fuqaro R.Xudoyberganov xonadonida kuzatuv o‘tkazdilar.

Respublikamizda 2023-yilning 1-iyun holatiga jami 46 301 ta oilaviy korxonalar faoliyat yuritayotgani ma’lum bo‘ldi. Ularning hududlar kesimidagi soni quyidagicha shakllandi:

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-aprel oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 632,2 ming litr uzumdan olingan tabiiy vinolar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 2,3 martaga oshgan. Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning aprel oyida yirik korxonalar tomonidan 18,5 ming litr uzumdan olingan tabiiy vinolar ishlab chiqarildi.

 Statistika agentligi uy xo‘jaliklari tanlama kuzatuvlari maъlumotlariga asosan, 2022- yilda 100 ta uy xo‘jaligiga o‘rtacha 55 ta yengil avtomobil to‘g‘ri kelgan.

2023-yil 1-yanvar holatiga respublikamizda 1 088 ta mehmonxona faoliyat koʻrsatmoqda, ulardan yulduzlar toifasi boʻyicha: