Joriy yilning yanvar-iyul oylarida viloyatimiz chakana savdo tovar aylanmasi hajmi (6020,9 mlrd so‘m)ning hududlar kesimida taqsimlanishi:

2023- yilning yanvar-iyun oylarida Shovot tumani xorijga qiymati 15,9 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan tovar (xizmatlar) eksportini amalga oshirgan.

2023- yilning yanvar-iyun oylarida Yangiariq tumanida faoliyat yuritayotgan 228 ta sanoat korxonasi tomonidan 316,3 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.

2023- yilning yanvar-iyun oylarida Hazorasp tumanida asosiy kapitalga 150,1 mlrd so‘mlik investitsiyalar o‘zlashtirilgan bo‘lib, shundan 128,3 mlrd so‘mi markazlashmagan investitsiyalar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

2023- yilning 6 oyida  Bog‘ot tumanida faoliyat yuritayotgan 60 ta  qurilish korxonalari tomonidan 108,4 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarildi.

📊 Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023- yil yanvar-iyul oylarida viloyatimizda ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 6 854,2 mlrd so‘mga yetib, taqqoslama ekvivalentda o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 108,7 %ni tashkil etdi.

Xorazm viloyatida 2022- yilning yakunlari bo‘yicha kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan asosiy kapitalga 1 918,9 mlrd so‘mlik investitsiyalar kiritilgan.

2023- yil yanvar-iyul oylarida Xorazm viloyatining tashqi savdo aylanmasi hajmi  2022- yilning mos davriga nisbatan 67,9 mln AQSH dollariga yoki 15,4 % ga ko‘paydi va 509,3 mln dollarga yetdi.

2022- yilda Xorazm viloyati bo‘yicha ayollar rahbarligidagi kichik korxona va mikrofirmalar soni 2 363 tani tashkil etgan.

2023- yilning yanvar-iyun oylarida viloyatimizda kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi 1793,7 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

2022- yilda viloyat bo‘yicha kichik korxona va  mikrofirmalarning ovqatlanish bilan ta’minlash bo‘yicha tovar aylanmasi  hajmi  253,1 mlrd so‘mni  tashkil etgan.

2023- yilning yanvar-iyun oylarida Xiva tumanida yetishtirilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlari hajmida fermer xo‘jaliklarining ulushi 14,2 %ni, ular tomonidan ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 107,7 mlrd so‘mni tashkil qildi.

Xorazm viloyatida joriy yilning yanvar-iyul oylarida 652 ta yangi sanoat korxonasi tashkil etilgan.

2023- yilning yanvar–iyun oylarida viloyatimizda o‘zlashtirilgan asosiy kapitalning umumiy hajmida kichik biznes subyektlarining ulushi 45,4 %ni yoki 1793,7 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

Joriy yilning 21- avgust kuni viloyatimizning bir qator shahar va tumanlarida yakka tartibda tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning faoliyati tanlanma asosda kuzatildi.

Statistika agentligining olingan idoraviy ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha 154,5 ming dona yangi yengil avtomobillar Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida respublikamizda  umumiy yuk tashish hajmining salmoqli qismida avtomobil transportining ulushi 90,3 % ni, boshqa transport turlarining ulushi esa  9,7 % ni tashkil etadi.

2023-yilning yanvar-iyun oylari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, respublika bo‘yicha aholining umumiy daromadlari tarkibida yollanma ishchilarning daromadlari ulushi 29,2 %ni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2022-yilning mos davrida 28,4 %ni tashkil etgan.