25/10/2023

Statistika agentligi dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot (YAIM) hajmi joriy narxlarda 751 trln so‘mni tashkil etdi. Bu o‘rtacha almashuv kursi (11 556,2 so‘m) bo‘yicha qariyb 65 mlrd AQSH dollariga teng.

 Bu ko‘rsatkich 2022- yilning mos davri bilan taqqoslaganda 5,8 % ga o‘sgan.
 
 2023- yilning yanvar-sentyabr oylarida aholi jon boshiga hisoblangan YAIM hajmi joriy narxlarda 20,7 mln so‘m (1 789,5 AQSH dollari)ni tashkil etib, 2022- yilning mos davri bilan taqqoslaganda 3,6 % ga oshgan.

 

Matbuot xizmati