Statistika agentligining olingan idoraviy ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha 154,5 ming dona yangi yengil avtomobillar Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida respublikamizda  umumiy yuk tashish hajmining salmoqli qismida avtomobil transportining ulushi 90,3 % ni, boshqa transport turlarining ulushi esa  9,7 % ni tashkil etadi.

2023-yilning yanvar-iyun oylari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, respublika bo‘yicha aholining umumiy daromadlari tarkibida yollanma ishchilarning daromadlari ulushi 29,2 %ni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2022-yilning mos davrida 28,4 %ni tashkil etgan.

Xorazm viloyatida 2023-yil yanvar-iyun oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining sanoat mahsuloti ishlab chiqarish umumiy hajmidagi ulushi 19,1 %ni tashkil etdi. Kichik tadbirkorlik subyektlarining sanoat mahsuloti ishlab chiqarish umumiy hajmidagi ulushi o‘tgan yillarning tegishli davrida:

Joriy yilning 6 oyi yakunlariga ko‘ra, viloyatimizda 97,2 ming tonna (tirik vaznda) go‘sht ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2022- yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan o‘sish sur’ati 109,1 %ni tashkil qilgan.

2023- yilning yanvar-iyul oylarida Xorazm viloyatida jami 2 934,5 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2022- yilning mos davriga nisbatan 105,3 % ni tashkil etdi.

Viloyatimiz bo‘yicha 2023- yilning yanvar-iyul oylarida ulgurji savdo tovar aylanmasi hajmi 3 333,3 mlrd so‘mni tashkil etib, 2022- yilning mos davriga nisbatan 5,8 %ga ko‘paydi.

2023- yilning yanvar-iyul oylarida Xorazm viloyatining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 6,0 trln so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan savdo hajmining o‘sish sur’ati 103,1 % darajada qayd etilgan.

Joriy yilning 6 oyida  Yangibozor tumanida hajmi 138,0 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.

2023- yilning yanvar-iyun oylarida Xiva shahrida faoliyat yuritayotgan 289 ta sanoat korxonasi tomonidan 146,7 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.

2023- yilning yanvar-iyun oylarida Bog‘ot tumanida asosiy kapitalga 106,6 mlrd so‘mlik investitsiyalar o‘zlashtirilgan bo‘lib, shundan 86,7 mlrd so‘mi markazlashmagan investitsiyalar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

2023- yilning 1- avgust holatiga Urganch shahrida 615 ta oilaviy korxona va tashkilot faoliyat yuritib, ularning sohalar kesimidagi tarkibi quyidagicha:

 2023- yil 1-avgust holatiga Xorazm viloyatida ulgurji savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalari soni 2 107 tani tashkil etib, 2022- yilning 1-avgust holatiga nisbatan 159 taga ko‘paygan, o‘sish sur’ati 108,2 % tashkil etgan.

2023- yilning 1- avgust holatiga sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,1 %ga oshgan va 600 ta yetgan.

2023- yilning 1- avgust holatiga Qo‘shko‘pir tumanida faoliyat yuritayotgan oilaviy korxonalar soni 443 tani tashkil qilgan.

Xorazm viloyatida 2023- yilning 1- avgust holatiga viloyat bo‘yicha yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida faoliyat yuritayotgan korxonalar soni 1 563 tani tashkil etib, shundan 14,5 %i yoki 226 tasi yashash bo‘yicha xizmatlar, 85,5 %i (1 337 tasi) oziq-ovqat etkazib berish bo‘yicha xizmatlar sohasi hissasiga to‘g‘ri kelgan.

2023-  yil  1- avgust holatiga Xorazm viloyatida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 2 623 ta korxona va tashkilot (dehqon va fermer xo‘jaliklarisiz) faoliyat ko‘rsatgan.

2023- yilning 1- avgust holatiga Hazorasp tumanida 141 ta oilaviy korxona faoliyat yuritgan.