2023- yilning  yanvar-oktabr oylarida viloyatimizda 5 697 ta korxona va tashkilot yangi tashkil etilgan bo‘lib, ularning faoliyat ko‘rsatayotganlar soniga nisbati 20,6 %ni tashkil qilgan.

Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida viloyatimizda norasmiy sektor tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi  1569,0 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

Xorazm viloyatida  2023- yilning yanvar-sentabr oylarida qayd etilgan nikohdan ajralish holatlari soni 1 868 tani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 357 taga oshgan.

Yangibozor  tumanida joriy yilning yanvar-sentabr oylarida umumiy hajmi 356,1 mlrd so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, 2022 yilning mos davriga nisbatan o‘sish 12,3 %ni tashkil qilgan.

2023- yilning 1- oktabr holatiga Xiva tumanining doimiy aholisi soni 153560 kishini tashkil etib, o‘tgan yilning 1- oktabriga nisbatan 1,8 %ga ko‘paygan.

2023- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Yangiariq tumanida asosiy kapitalga jami investitsiyalarning 57,1 %ini tashkil etgan 233,2 mlrd so‘mlik to‘g‘ridan –to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kafolatlanmagan kreditlar o‘zlashtirilgan.

2023- yilning 1- oktabr holatiga Tuproqqal’a tumani doimiy aholisi soni 58 891 kishini tashkil etib, joriy yil boshiga nisbatan 965  kishiga ko‘paygan.

2023– yilning yanvar– sentabr oylarida viloyatimizdagi barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 382,5 mln dona tuxum ishlab chiqarildi.

2023- yilning yanvar-sentabr oylarida Shovot tumanida yetishtirilgan dehqonchilik mahsulotlari hajmi 687,2 mlrd so‘mni tashkil qilgan va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 8,5 %ga oshgan.

2023- yilning yanvar-sentabr oylarida Hazorasp tumanida asosiy kapitalga jami investitsiyalarning 86,6 %iga teng bo‘lgan 344,4 mlrd so‘mlik markazlashmagan investitsiyalar  o‘zlashtirilgan.

2023- yilning yanvar-sentabr oylarida Urganch tumanida dehqonchilik mahsulotlari yetishtirish hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 8,7 %ga oshgan va 803,9 mlrd so‘mga yetgan.

2023-yilning 1-oktabr holatiga ko‘ra, Xorazm viloyati boʻyicha barcha toifadagi xoʻjaliklarda qoʻy va echkilar soni 488,1 ming boshga yetdi va 2022-yilning mos davriga nisbatan 2,5 %ga  yoki 11,8 mingtaga koʻpaydi.

2023- yilning 15- noyabr kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasi Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi bosh mutaxassisi  I.Polvonova ishtirokida Urganch shahridagi 22-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida seminar tashkil etildi.

2023-yil 1-noyabr holatiga ko‘ra, respublikamizda qurilish sohasida 52 819 ta korxona ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ularning o‘sish sur’ati 2022- yilning mos davriga nisbatan 108,6 foizni tashkil etdi. So‘nggi yillarning mos davrida ushbu sohada ro‘yxatdan o‘tgan korxonalarning dinamikasi quyidagicha:

2023-yilning yanvar-sentabr oylari davomida respublikaning umumiy foydalanishdagi magistral temir yoʻl transportida 22,2 ming tonna yogʻoch-taxta yuklari joʻnatilgan. Bu esa 2022-yilning mos davrida joʻnatilgan yuklar hajmiga nisbatan 3,4 ming tonnaga koʻp.

2023- yilning  yanvar-sentabr oylarida Xonqa tumanida 565,2 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ishlab chiqarishning fizik hajm indeksi 7,4 %ga oshgan.

2023- yilning yanvar-oktabr oylarida  Xorazm viloyatida 5 697 ta yangi korxona va tashkilot tashkil etilgan bo‘lib, ularning soni 2022- yilning mos davriga nisbatan 600 taga ko‘paydi.

2023- yilning 9 oyida viloyatimizning import hajmi 435,3 mln AQSH dollarini tashkil etib, 2022- yilning yanvar-sentabr oylari bilan taqqoslaganda 9,1 %ga oshgan.