03/01/2024

2023- yil yanvar-noyabr oylarida Xorazm viloyatining mashina va transport asbob-uskunalari importi hajmi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 29,3 mln AQSH dollariga oshdi va 215,8 mln dollarga yetdi.

Ushbu tovarlar importida asosiy ulushga ega davlatlar:

XXR — 79,8 mln dollar (37,0 %)

Turkiya - 30,3 mln dollar (14,0 %)

Germaniya — 30,0 mln dollar (13,9 %)

Litva – 19,0 mln dollar (8,8 %)

Rossiya Federatsiyasi -   9,6 mln dollar (4,4 %).

 

Axborot xizmati