04/01/2024

2023- yilning  yanvar-noyabr oyi yakunlariga ko‘ra, Yangiariq tumanida 216,4 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan va 2022- yilning shu davriga nisbatan 0,5 %ga oshgan.

Umumiy qurilish ishlarining 41,5 %i kichik korxona va mikrofirma, 58,1 %i norasmiy sektor hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Norasmiy sektor tomonidan bajarilgan qurilish ishlari tarkibi:

yangi turar-joylar qurilishi – 92,3 mlrd so‘m

yangi noturar joylar qurilishi – 25,7 mlrd so‘m

turar joylarni ta’mirlash ishlari – 8,5 mlrd so‘m.


Axborot xizmati