03/01/2024

2023- yilning yanvar-noyabr oylarida Xiva shahrining tashqi savdo tovar aylanmasi hajmi 29,1 mln AQSH dollarini tashkil etib, 2022- yilning mos davriga nisbatan 8,4 %ga ko‘paygan.

TSA tarkibida eksport hajmi 13,9 mln dollarni (o‘sish 17,2 %), import 15,2 mln dollarni (1,4 %) tashkil qilgan.

Xorijiy davlatlarga eng ko‘p sanoat mahsulotlari eksporti amalga oshirilib (7,2 mln dollar), import tarkibida yuqori hajm mashina va transport asbob-uskunalari (5,4 mln dollar) hissasiga to‘g‘ri kelgan.

 

Axborot xizmati