2022- yilning yanvar-dekabr oylarida viloyatimizda 5 742 ta yangi korxona va tashkilot tashkil etilib, 2021- yilning mos davriga nisbatan ularning soni 14,4 %ga oshgan.

Xorazm viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i v.b.  A. O'tamuratov Gurlan tumanidagi “Gulshan” MFYda uy xo‘jaliklari  tanlama kuzatuvini o‘tkazish jarayonida ishtirok etdi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2022- yilning yanvar-noyabr oylarida 16 ta davlatga qiymati 33,2 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 135,8 ming tonna qovun va tarvuz eksport qilgan.

2022-yilning yanvar-noyabr oylarida Oʻzbekiston 12 ta xorijiy davlatdan qiymati 11,4 mln  AQSH dollariga teng boʻlgan 45,6 ming tonna mandarin import qilgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning 1- yanvar holatiga ayollar rahbarligidagi 2 730 ta kichik korxona va mikrofirma tomonidan asosiy kapitalga qariyb 3 trln  so‘mlik investitsiya kiritilgan.

Shovot tumanida  2022- yilning 11 oyida  607,3 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

2022- yilning 1- dekabr holatiga Qo‘shko‘pir tumanida 2 195 ta korxona va tashkilot faoliyat ko‘rsatib, shularning 1 961 tasini (89,3 %) kichik biznes subyektlari tashkil qilgan.

Hazorasp tumanida 2022- yilning yanvar-noyabr oylarida 695,2 mlrd so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan.

Xorazm viloyatida 2022- yilning yanvar-noyabr oylarida ulgurji savdo tovar aylanmasi 4 700,1  mlrd so‘mni tashkil etgan.

2022-  yilning  yanvar-noyabr oylarida viloyatda ko‘rsatilgan bozor xizmatlarining o‘sish sur’ati 2021- yilning  mos davriga nisbatan 113,8 %ni tashkil qilgan.

Xorazm viloyati 2022- yil   yanvar-noyabr oylarida xorijga 76,6 mln dollar qiymatidagi 143,9 ming tonnadan  meva va sabzavot mahsulotlarini eksport qilingan.

2022- yilning yanvar-noyabr oylarida viloyatimizda bajarilgan qurilish ishlarining iqtisodiy faoliyat turi bo‘yicha tarkibi (ulushda):

📊Xorazm viloyatida  2022- yilning  1- dekabr holatiga tashish va saqlash sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona  va tashkilotlar soni 1 038 taga yetgan.

2022- yilning 11 oyida viloyatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 507,4 mlrd so‘mni (jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining 3,1% ini) tashkil etdi.

Xorazm viloyatida  2022- yilning yanvar-noyabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 2535,2 mlrd so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarilgan.

 Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning 11 oyida 65,6 ming nafar chet el fuqarolari davolanish maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

 Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning dekabr oyida respublika bo‘yicha 28 395 ta nikoh holatlari FHDYO organlarida qayd etilgan.

Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan “Statistika” integrallashgan axborot tizimi (SIAT) yaratildi hamda uning negizida siat.stat.uz  O‘zbekiston Respublikasi statistika portali ishga tushirildi.