26/07/2023

Xorazm viloyatida joriy yilning yanvar-iyun oylarida chakana savdo tovar aylanmasi tarkibida yirik korxonalarning tovar aylanmasi hajmi 333,4 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Bu ko‘rsatkich umumiy savdo hajmining 6,5 % ulushiga to‘g‘ri kelgan.

2022- yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan yirik korxonalarning savdo hajmi 8,2 %ga kamaygan.

Yirik korxonalarning savdo hajmi eng yuqori o‘sish sur’atiga ega hududlar:

Xiva tumani – 7,0 marta

Bog‘ot tumani – 2,0 marta

Shovot tumani – 128,0 %

Urganch tumani – 111,1 %.

 

Axborot xizmati