2023- yilning yanvar - iyun oylarida Xorazm viloyatidan xorijiy davlatlarga oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy qismi bo‘lgan 56,8 mln AQSH dollari qiymatidagi meva-sabzavot eksport qilindi.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 50,1 %ga ko‘paygan.
Shuningdek, hisobot davrida eksport qilingan qovun va tarvuz hajmi 4,4 ming tonnaga yetgan.
Eksport hajmi 1,6 mln dollarga teng bo‘lgan mahsulotning asosiy eksport bozorlari Rossiya Federatsiyasi (1,2 mln dollar) va Qozog‘iston (0,4 mln dollar) davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Axborot xizmati