23/11/2023

Joriy yilning 23- noyabr kuni viloyatimizning bir qator shahar va tumanlarida xizmatlar sohasida yakka tartibda tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi va o'zini-o'zi band etgan jismoniy shaxslarning faoliyati tanlanma asosda kuzatildi.
Viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘i A.O'tamuratov Yangibozor tumanida aholiga xizmat ko‘rsatish faoliyatini olib borayotgan YATT larining bir kunlik va o‘rtacha ish hajmi ko‘rsatkichlarini o‘rgandi.


Xizmatlar sohasidagi muhim statistik ma’lumotlar uchun birlamchi axborot vazifasini o‘tovchi mazkur tanlanma kuzatuvida olingan ma’lumotlar tegishli hududning narx registratori tomonidan planshet qurilmalariga qayd etib borildi.



Axborot xizmati