Xorazm viloyatining barcha hududlarida narx kuzatuvlari davom etmoqda. 2024- yilning  9- yanvar kuni navbatdagi 5 narx (o‘rtacha) haftalik kuzatuvi Xiva shahrida olib borildi.

Joriy yilning 1-dekabr holatiga koʻra, roʻyxatdan oʻtgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 613 153 taga (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) etgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning 1 yanvar holatiga respublikamizning doimiy aholisi  36 799 756 kishini tashkil etgan.

2023- yil yanvar-noyabr oylarida Yangibozor tumanida avtotransport vositalari va ularning ehtiyot qismlari ulgurji va chakana savdo aylanmasi hajmi 3,8 mlrd so‘mni tashkil etib, 2022- yilning 11 oyiga nisbatan 14,8 %ga oshgan.

2023- yilning  yanvar-noyabr oylarida Shovot tumanining uyushmagan savdo tovar aylanmasi hajmi 335,4 mlrd so‘mni tashkil etib, 2022- yilning shu davri bilan solishtirilganda o‘sish sur’ati 96,2 %ga teng bo‘lgan (3,8 %ga kamaygan).

Xorazm viloyati bo‘yicha so‘nggi 6 yillikda chakana savdo tovar aylanmasining yuqori o‘sish sur’ati 2019- yilda kuzatildi.

2023- yilning 11 oyida viloyatda umumiy hajmi 407,3 mlrd so‘mlik shaxsiy xizmatlar ko‘rsatilgan.

2023- yilning  yanvar-noyabr oylarida Yangiariq tumanida 137,6 mlrd so‘mlik savdo xizmatlar ko‘rsatilgan bo‘lib, 2022- yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 105,0 %ni tashkil qilgan.

📊  2023- yilning  yanvar-noyabr oylarida Tuproqqal’a tumanida 41,4 mlrd so‘mlik moliyaviy xizmatlar ko‘rsatilgan bo‘lib, 2022- yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 132,8 %ni tashkil qilgan.

2023- yilning -1 dekabr holatiga Xonqa tumanida 515 ta xususiy korxona faoliyat yuritgan.

2023- yilning 11 oyida Bog‘ot tumanida faoliyat yuritayotgan 64 ta kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan 110,3 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.

2023- yilning 1- dekabr holatiga Qo‘shko‘pir tumanida 2 810 ta korxona va tashkilot ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, shundan 2 198 tasi faoliyat ko‘rsatgan.

2023- yilning  yanvar-noyabr oylarida Xiva tumanida 172,0 mlrd so‘mlik transport xizmatlar ko‘rsatilgan bo‘lib, shundan 171,5 mlrd so‘mi avtomobil transporti xizmatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

2023- yilning  1- dekabr holatiga Urganch tumanida 11 ta chet el kapitali ishtirokidagi korxona faoliyat yuritgan.

2023- yilning 11 oyida Gurlan tumanida umumiy hajmi 270,7 mlrd so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirilgan bo‘lib, 2022- yilning yanvar-noyabr oylari bilan taqqoslaganda 19,4 %ga oshgan.

2023- yilning yanvar-noyabr oylarida Urganch shahrida norasmiy sektor tomonidan hajmi 224,0 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.

2023- yilning  yanvar-noyabr oyi yakunlariga ko‘ra, Xiva shahrining ulgurji savdo tovar aylanmasi hajmi 195,0 mlrd so‘mni tashkil etgan.

2023- yilning  yanvar-noyabr oylarida Hazorasp tumanidagi umumiy ovqatlanish korxonalarining savdo aylanmasi hajmi 2022- yilning mos davriga nisbatan 10,0 %ga oshgan va 14,4 mlrd so‘mni tashkil etgan.