Xorazm viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i A.O‘tamuratov bugun, 16- iyun kuni Urganch tumanida bo‘lib, ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvida ishtirok etdi.

2023-yil 1-yanvar holatiga respublikamizda sport-taʼlim muassasalari va seksiyalarida  futbol bilan shugʻullanadiganlar soni jami 63 318  kishini tashkil etgan boʻlsa, shundan ayollarning ulushi 1 455 nafar (2,3 %) ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-may oylarida FHDYO organlari tomonidan Xorazm viloyati boʻyicha 15 645 ta tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan.

2023- yilning yanvar-may holatiga ko‘ra Xorazm viloyatida uy xo‘jaligi a’zolarining soni bo‘yicha:

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yil 1- iyun holatiga respublikamizda faoliyat yuritayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 12 807 tani tashkil etgan.

Xorazm viloyatida 2023- yilning  1- iyun holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan 25 867 ta korxona va tashkilotning har uchinchisi savdo sohasida faoliyat yuritgan va ularning soni 8 718 tani tashkil qilgan.

Xorazm viloyatida 2023- yilning 1- iyun holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar sonining hududlar kesimida taqsimlanishi:

Yangiariq tumanida chakana savdo sohasida faoliyat yuritayotgan 524 ta kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan  joriy yilning yanvar-aprel oylarida 107,1 mlrd so‘mlik savdo tovar aylanmasi amalga oshirilgan.

2023- yilning yanvar-aprel oylarida Xonqa tumanining tashqi savdo tovar aylanmasi  hajmi 23,3 mln AQSH dollarini tashkil etib, umumiy hajmning 51,5%i yoki 12,0 mln dollari import hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Joriy yilning yanvar-aprel oylarida Xiva tumanining  bozor xizmatlari tarkibida eng yuqori hajm transport xizmatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan va 51,6 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

2023- yilning yanvar-aprel oylarida Hazorasp tumanida 86,8 mlrd so‘mlik bino va inshootlar qurilish ishlari bajarilgan.

2022/2023- o‘quv yili boshiga viloyatimizdagi oliy ta’lim tashkilotlarining magistratura bosqichida 1,3 ming talaba tahsil olgan.

2023- yilning yanvar-aprel oylarida   viloyatimiz xorijdan 11,6 mln AQSH dollarlik avtomobil va ularning ehtiyot qismlari importini amalga oshirgan.

2023- yilning yanvar-aprel oylarida  Gurlan tumanida  norasmiy sektor tomonidan 22,7 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich umumiy hajmning 38,1 %ini tashkil qilgan.

Xorazm viloyati joriy yilning yanvar-aprel oylarida   xorijiy davlatlardan 2,2 mln AQSH dollarlik hayvonlar uchun ozuqalarni import qilgan.

2022/2023- o‘quv yili boshiga viloyatimizdagi oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavr bosqichida  41,5 ming talaba tahsil olgan.

Xorazm viloyati joriy yilning yanvar-aprel oylarida   xorijiy davlatlarga qiymati 1,4 mln AQSH dollarlik mineral yoqilg‘i, yog‘lash moylari va shunga o‘xshash materiallar eksportini amalga oshirgan.

2023- yilning yanvar-aprel oylarida   viloyatimizning Pokiston bilan tashqi savdo tovar aylanmasi hajmi 23,0 mln AQSH dollarini tashkil etib, shundan eksport hajmi 22,7 mln dollarga, import – 0,3 mln dollarga teng bo‘lgan.